Ma'lumotlaringizni qoldiring, siz bilan tez orada bo'glanamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasi
Ta'lim-tarbiya akademiyasi
Biz haqimizda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Istanbul Ta’lim-Tarbiya Akademiyasi(Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi)ga Shayx Muhammad Sodiq hazratlarining ilmiy manhajiga asoslangan holda farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq hamda hazratning boshqa katta shogirdlari tomonidan 2021-yil sentabr oyida asos solingan.
Asos solinishi
Maqsadi (mission): Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi ta’lim, tarbiya va da’vat muassasasi bo‘lib, ummat yoshlariga yuksak axloq va ijodkorlik ruhidagi sifatli ta’lim taqdim qilish.
Faoliyati (vision): yoshlarga eng sifatli ta’lim berish, sof e'tiqod ulamolarni yetishtirish, muassasani barqarorlashtiradigan dasturlar tuzish, o‘zbek va boshqa jamiyatlardagi ilmiy va da’vat borasidagi bo‘shliqni to‘ldirish.
Asoschilar
Maqsad va rejalar
Talabalar 5 yillik manhaj asosida Hanafiy mazhabi fiqhi va Moturidiy aqidasida moʻtabar hisoblangan kitoblar bo'yicha ta’lim oladilar.
Shu bilan birga sharʼiy ilmlar bilan cheklanib qolmay, IT, muayyan sport turi, xorijiy arab, turk, ingliz, fors va urdu tillarini ham oʻzlashtiradilar.
Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi islomiy hukm va ilmlarni chuqurlashtirib o'rgatadigan, 5 yillik dasturga tizimlashgan akademiya hisoblanadi.
Ismoil Muhammad Sodiq – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o'gillari va u zot qoldirgan ma’naviy meros davomchisi hisoblanadilar. Shayx Muhammad Sodiq rahmatullohi alayh qoldirgan boy ilmiy merosni yoyish, tarqatish, boshlab qo'yilgan ishlarini nihoyasiga yetkazish hamda u kishining rejalarini amalga oshirish bilan birga hozirda:
“Hilol-Nashr” nashriyoti rahbari;
Islom.uz internet portali rahbari;
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome’ masjidi imom-xatibi;
“Zikr ahlidan so’rang” fatvo berish ilmiy hay’ati rahbari;
“Hilol” ilmiy-ma’rifiy jurnali bosh muharriri
lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. Bundan tashqari birqancha kitob va ilmiy risolalar muallifi hamdir.
yillik faoliyat
3
ustozlar
30+
talabalar
200+
xodimlar
30+
Nega aynan biz?
Nazorat:
Talabaning vaqti boshqa ishlar bilan behuda zoye bo‘lmasligi uchunAkademiya tomonidan talabaga har kuni 3 mahal issiq taom taqdimqilinadi. Bu belgilangan umumiy kontrakt to‘lovi ichida hisoblanib, qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi.
Talabalar faqatgina ilm olish bilan cheklanmay, balki unga amalqilishlari, ummatga xizmat ruhi va vatanga muhabbat qadriyatlari bilan tarbiyalanishlari ham biz uchun juda muhim.
Talabalar 5 yillik ta’lim davomida faqatgina shar’iy ilmlar bilancheklanib qolmay, balki IT (informatsion texnologiyalar) va boshqazamonaviy kasblarni ham o‘rganadilar. Ushbu bilim va malakalarAkademiyamiz bitiruvchilarining katta hayotlarida ish topishlaridahamda moliyaviy erkinlikka erishishlariga imkoniyat yaratadi.
5 yillik taʼlim davomida talabalar Islom olamida eʼtirof etilgan kitob va qoʻllanmalarni yod olib, oʻzlashtiradilar.
Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan bo’lib, Turkiya hukumatining “Nodavlat va notijorat jamiyatlar bosh boshqarmasi” tarafidan rasmiy guvohnomaga ega.
Akademiyada arab, turk va ingliz tillari majburiy tarzda, urdu va forstillari esa ixtiyoriy tarzda o‘qitiladi. Bu esa talabaning zamon talabidagimutaxassis bo‘lishida muhim omil sanaladi.
Talabalarimiz Akademiya binosida sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanishlari uchun hamma shart-sharoitlar hozirlangan. Shu bilan birga, sport mashg‘ulotlari Akademiyaning sport ustasi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘qishni tamomlagan talabalar Akademiya tarafidan ish bilan ta’minlanadi.
Akademiya Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning shaxsan o‘g‘illari va shogirdlari tarafidan asossolingan.
Ishonch:
Qonuniy va rasmiylashtirilganligi:
Talabalar Akademiya binosida 7/24 ustoz va murabbiylar nazoratidabo‘ladilar. Telefon va boshqa gadjetlardan foydalanishlari hamdaAkademiya binosidan tashqariga chiqishlari ma’lum tartib asosidatashkil etiladi. Ota-onalar farzandlarining baholari va intizomi bilandoimo onlayn tarzda tanishib turadi.
Sport:
Qadriyat:
Xorijiy Tillar:
Kasb:
Sharoit:
Ilm:
Ish joyi:
Ta’lim dasturi
5 yillik ta’lim dasturi davomida Akademiyada nimalar o’rgatilishi haqida bilib oling
5 yillik ta'lim dasturi davomida dars o'tiladigan kitoblar
Ustozlar jamoasi
Akademiya rahbari
Kozimjon Ibrohim
Ta’lim: 2006-2012-yillarda Buxorodagi Mir-Arab madrasasini, 2012-2016 yillarda Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida tamomlagan. 2016-2023 yillar oraligʻida Misrdagi Al-Azhar universitetining bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgan.
Ilmiy ishlari: Alisher Navoiyning “Lison-ut Tayr”, Soʻfi Ollohyor “Sabotul Ojizin” va “Boshlangʻich Mantiq ilmi” kitoblari arab tiliga tarjima qilib, nashr qildirgan.
Mutaxassisligi – “Kalom ilmi” va “Zamonaviy falsafalar”. Hozirda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Istanbul ta’lim-tarbiya akademiyasi asoschilaridan biri va rahbari hisoblanadi.
Arab tili ustozi
Abdul Hamid Muhammad Somir Shayx Husayn
Ta’lim: Qohiradagi Al-Azhar universitetining “Shariat va Huquq” fakulteti bakalavr bosqichini (1999-2003), so’ngra Istanbul Aydin universiteti arab tilini o'rgatish bo’yicha magistratura darajasini tamomlagan.
Faoliyati: Istanbul Anadolu imom va voizlar maktabi Topkapi (2015-2016), Osiyo boʻlimida turkiy arab tili oʻqituvchilari uchun maxsus kurs boshqaruvchisi (2016-2017), Kadiko‘y imom va da’vatlar maktabi xodimi (2017), Istanbul til akademiyasi o’qituvchisi (2015-2020), Marmara universiteti “Iilohiyot” fakulteti o’qituvchisi (2019-2022)
Yutuqlari: Faoliyati davomida Antioxiya shahridagi Yoshlar Reabilitatsiya va Ta'lim Markazida (ISNAD) ta'lim trenerlari dasturini tayyorlash sertifikatini (2014 yil), 2016-yilda Istanbuldagi “Arab tili taʼlim va madaniyati” uyushmasida ilgʻor zamonaviy oʻqitish usullari kursi sertifikatlarini qo’lga kiritgan.
Qur’on ustozi
Humoyunxon Ismoilov
Ta’lim: Yoshligidayoq Qur'oni Karimni to'liq yod olgan. 2010-2017 yillar oralig'ida O'zMUning Tarix fakulteti bakalavr va magistratura bosqichini tamomlagan.
Faoliyat: 2017-yildan boshlab Misrda Shayx Alijon qoridan tajvid qoidalarini o'rganib, Misrlik Shayxlardan osim qiroatining “hafs” yo'nalishida ijoza olgan. So'ngra Turkiyaning Istanbul shahrida qiroat ustozlaridan Qur’oni Karimning 10 qiroatini "Shotibiyya" va "Durra" yo’nalishida jamlab o’qib, ijoza olgan. Hozirgi kunda Quroni karimning "Min toriqi toyyibatun nashr" yo'nalishida tahsil olyapti.
Fiqh fani ustozi
Umarxoʻjayev Murodjon
Ta’lim: 2012-2016 yillar Koʻkaldosh madrasasi va 2016-2020 yillar Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida taʼlim olganlar.
Faoliyat: “Koʻkaldosh” madrasasida – Jaloliddin Xolmoʻminov, Oliy Maʼhadda – Razzoqov Yahyo domla, Turkiyaning Istanbul shahrida – Shayx Muayyad xalifadan dars olgan. Toshkent islom institutida 1 yil davomida fiqh fanidan dars bergan.
Hadis ilmi ustozi
Xidirov Nodirbek
Ta’lim: 2005-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti “Xalqaro aloqalar va iqtisod” fakultetining bakalavr bosqichini, 2010-yilda Al-Azhar universitetining Din asoslari fakulteti hadis yo’nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan. 2012-yil Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti” fakultetining magistratura bosqichida taʼlim olgan. Hozirda Turkiyaning “Fotih Sulton Muhammad” vaqf universiteti “Islomiy bilimlar” yo’nalishi doktorantura talabasi hisoblanadi.
Faoliyati davomida “Oltin silsila” hadislar toʻplami tarjimasi va tahriri, Shayx Muhammad Avvoma nazorati ostida imom Suyutiy qalamiga mansub “Jomeʼus-sagʻir” hadislar toʻplami va imom Munoviy qalamiga mansub “Fayz-ul Qodir” nomli sharhi tahqiqini qilgan.
Hadis ilmi ustozi
Mahammadyusupov Muhammadali
Ta’lim: 1998-1999 yillarda Liviyada Maʼhad bosqichini, 2000-2003-yillarda Damashqda Islomiy Daʼvat Universiteti “Arab tili va sharʼiy fanlar” fakultetida bakalavr bosqichini tamomlagan.
Faoliyat: Hilol-nashr nashriyoti tarjima va tahrir boʻlimida tarjimon boʻlib faoliyat olib borgan. Ustoz 17 yillik ish tajribasiga ega bo’lib, ilmiy ishlari “Oltin silsila” hadislar toʻplami tarjimasi va tahriri, Shayx Muhammad Avvoma nazorati ostida imom Suyutiy qalamiga mansub “Jomeʼus-sagʻir” hadislar toʻplami va imom Munoviy qalamiga mansub “Fayz-ul Qodir” nomli sharhi tahqiqi hisoblanadi.
Ilmiy bo’lim rahbari
Mazamov Olimjon Obloqulovich
Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – imom-xatib, islomshunos va dinshunos.
Tajriba: 25 yil
Ta’lim: 1997-2002 yillarda Toshkent Islom instituti bakalavr, 2004-2006-yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti bakalavr (kunduzgi), 2006-2008 yillarda esa Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti magistratura (kunduzgi) bosqichlarini tugatgan.
1998-2000 yillarda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi taʼlim boʻlimi xodimi, 1999-2012 yillar oraligʻida “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida turli lavozimlarda, 2019-yilda “Hilol nashr” tahririyati tarjimoni, 2020-yil Toshkent shahar “Islom ota” jome masjidi sayt texnik xodimi boʻlib faoliyat olib borgan.
Sarf/Nahv ustozi
Abdulaziz Komilov
2009-2013 yillarda Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom institutini tamomlagan. 2018-2020 yillarda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistraturasini (fiqh yo'nalishini) tamomlagan.
Uslubiy maslahatchi
Doktor Salim Musa
Ta’lim: • Davlat boshqaruvi bakalavri - Inson resurslarini boshqarish va bandlik standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha oliy darajadagi universitet diplomi • Biznes boshqaruvi magistri - ma'muriy psixologiya (ish psixologiyasi)
Faoliyati: • Yevropa Sifat Menejmenti Tashkilotining (EFQM) sertifikatlangan maslahatchisi • Uzluksiz rivojlanish metodologiyalari bo'yicha professional diplomli sertifikatlangan trener (SIX-SIGMA-Kaizen) • Ta'lim malakalari bo'yicha Amerika assotsiatsiyasi a'zosi, sertifikatlangan vakolatlar bo'yicha trener darajasiga ega • Media Speaking Skills sertifikati diplomi, Al Jazeera Media Center
Ilmiy ishlari: • Ph.D. (Davlat boshqaruvi) – tez rivojlanayotgan tashkilotlarni rivojlantirish
Biz haqimizdagi fikrlar
Ushbu bo‘limda dunyo tan olgan va xalqimiz hurmat qilgan yetuk ulamolarning Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi to‘g‘risida fikrlar aks ettirilgan
Rasm va video albom
Shayx Muhammad Sodiq akademiyasida tashkillashtiriladigan tadbirlar va akademiya atmosferasi bilan rasm va videolarda tanishib chiqishingiz mumkin