Ma'lumotlaringizni qoldiring, siz bilan tez orada bo'glanamiz.
Shayx Akademiyasi
MOLIYA BO'YICHA ENG KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR
O’quv yilining boshlanishida talaba kamida 10% kontrakt to’lovi qilishi kerak bo’ladi. To’lov shartnomasining qolgan qismini talaba to’liq yoki yil davomida 4 ga bo’lib to’lash imkoniyatiga ega.
Albatta karta orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin.
Albattda, talaba yoki uning ota-onasi istalgan Davlatdan shartnoma to’lovini amalga oshirishlari mumkin
Akademiyada taʼlim olayotgan har bir talaba (oiladan necha kishi boʻlishidan qatʼiy nazar) belgilangan shartnoma toʻlovini toʻlaydi va hozircha chegirma mavjud emas.
Boshqa hech qanday toʻlov yoʻq.
Ota-onalar yohud vakillari maʼlum bir shartlar asosida pul oʻtkazishlari mumkin. Bunda o’tkazilgan pullar talabaga naqd pul ko’rinishida beriladi.
Yillik shartnoma toʻlovi ichiga: Barcha sharoitga ega yotoqxona, 3 mahal issiq ovqat, yuqori sifatdagi taʼlim kiradi.
Akademiyaga uydan qatnaydiganlar uchun yillik shartnoma miqdori: 1-2 kurs o’g’il bolalar uchun $1250, ayollar-qizlar uchun uchun $1500 deb belgilangan. Jumladan tayyorlov kursi talabalari uchun ham $1500 deb belgilangan. (Ushbu narxlar 2022-2023 o’quv yilining to’lov shartnomasi narxlari. Yangi o’quv yilida narxlar o’zgarishi mumkin).
Albatta, bunday xarajatlar Iqoma olish turiga koʻra oʻzgarib turadi. Bunda talaba “Iqoma” uchun to’lovni to’g’ridan-to’g’ri tegishli davlat idoralariga to’laydi, bunda Akademiya talabaga hujjatlarni yig’ishda yordam beradi.