1. Hozir akademiyada mavjud vakansiya haqida - Akademiyaning dublyaj bo’limi uchun ovoz operatorini hamkorlikka taklif etamiz. Asosiy ish ovoz yozish, audio kitob, film, tarjima ko’rsatuvlarni ovozlashtirishdan iborat.
2. Akademiya tomonidan sizga- Ustozlar tarafidan farzi kifoya bo‘lgan ilmlar: Qurʼon, Aqida, Fiqh…
- Xorijiy tillar: arab, ingliz, turk tillari
- Akademiya hududida yotoqxona va 3 mahal issiq ovqat
- Dunyo katta ulamolaridan master klasslar
- Istanbul tabiati va tarixiy joylariga tashrif va yana boshqa qulayliklar taqdim qilinadi
- Oylik maoshi: Suhbat asosida belgilanadi
3.Ish grafigi va ishlash tartibi- - Ish vaqti 09:00 - 18:00;
- Qaylula uchun alohida vaqt ajratilgan.
4.Talablar- Ingliz yoki rus tilini bilishi kerak(videoga ko’rib, matn o’qib bemalol tushunish darajasida);
- Cubase dasturida ishlay olish;
- Musiqiy sayqal bera olishi kerak.
Stajyorlikka - kichik portfolio va 3-6 oygacha ish tajribaTo‘liq xodim - professional portfolio va 1-2 yildan ortiq ish faoliyati talab etiladi.