Tarjimon
Arab tilini mukammal darajada biladigan tarjimonni hamkorlikka taklif etamiz


"Shayx Muhammad Sodiq" akademiyasi nimalarni taklif qiladi?
– yuqori oylik maosh (suhbat asosida kelishiladi);
– Istanbulda zamonaviy ofisda, ahil jamoa davrasi va ajoyib ma’naviy muhitda ishlash imkoniyati;
– rasmiy mehnat shartnomasi;
– ofisda bepul, 3 mahal mazali issiq ovqat va akademiya hududida yotoqxona;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar;
Talabgorlardan ishiga mas’uliyatli bo'lish talab qilinadi.


Ish grafigi va tartibi: Tarjimonlar masofadan ishlashlari ham mumkin.


Tarjimon vazifasi: Arab tilida mavjud bo'lgan kitob, video (badiiy film, ulamolar suhbati), audio(inssenirovkaga mos) shaklidagi ma'lumotlarni o‘zbek tiliga ma'no, imlo va grammatik qoidalarga to‘liq mos ravishda tarjima qilish.


Talablar:
– yoshi chegaralanmagan;
– jurnalistika yoki filologiya sohasidagi oliy ma’lumot ustunlik beradi;
– o‘zbek tili grammatikasi, imlo qoidalarini mukammal bilishi;
– arab tilini mukammal bilishi;
– nomzodning rus, ingliz tillarini bilishligi ustunlik hisoblanadi;
– eng kamida boshlang‘ich diniy ma’lumotga ega bo‘lishi.
Made on
Tilda