Ayollar uchun

Onlayn akademiya haqida
Asos solinishi
“Shayx Muhammad Sodiq Ayol qizlar Onlayn akademiyasi”ga yetuk alloma, muhaddis, faqih, Islom olamining yetuk namoyondasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahmatullohi alayh) manhaji asosida, farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq boshchiliklarida hazratning yetuk shogirdlari tomonidan 2022-yil dekabr oyida asos solingan.

Faoliyati
Shayx Muhammad Sodiq Ayol qizlar Onlayn akademiyasi" islomiy hukm va ilmlarni chuqurlashtirib o’rgatadigan, 3 yillik dasturga tizimlashgan akademiya hisoblanadi. Talabalar 3 yillik manhaj asosida Hanafiy mazhabi fiqhi va Moturidiy aqidasida moʻtabar hisoblangan kitoblar bo’yicha ta’lim oladilar. Shu bilan birga sharʼiy ilmlar bilan cheklanib qolmay, xorijiy arab, ingliz tillarini ham oʻzlashtiradilar.
  • Darslar haftada 5 kun (shanba-yakshanbadan tashqari);
  • Har kuni asosiy darslar 5 soatdan bo'lib;
  • Har kuni qo’shimcha darslar 2 soatdan;
  • O’quv yili 11 oydan iborat. Qolgan batafsil ma’lumotlar hujjat topshirish davomida beriladi.
Qizlar Onlayn-Offlayn Akademiyasi darslari tartibi
3 yillik ta’lim dasturimiz
1-kursda o’qitiladigan fanlar:
  • Arab tilida bemalol yozish, o'qish va tarjima qilish salohiyati;
  • 2 pora Qur’on yodlash va xatm qilish ko'nikmasi;
  • Aqida va axloq darslari
  • Mnemonika mahoratini o'zlashtiradilar.

2 - kursda o’qitiladigan fanlar:
  • Shar’iy ilmlar: Fiqh;
  • Hadis;
  • Aqida;
  • Arab tilini mustahkamlash;
  • 2 pora Qu’ron yodlash;
  • Turk tilini o'zlashtiradilar.

3-kursda o’qitiladigan fanlar:
  • Shar’iy ilmlar: Fiqh;
  • Hadis;
  • Aqida;
  • Balog'at;
  • Mantiq;
  • Tafsir;
  • Bahs qilish qoidalari;
  • Ingiliz tili;
  • Yengil mahoratlar;

➡️Tolibalar asosiy fundamental bilimlarni yaxshi va ishonchli o’zlashtirishi uchun 1- va 2-kurslarda darslar faqat o’zbek tilida olib boriladi. 3-kursdan boshlab esa yuzda-yuz arab tilida boʻlib oʻtadi.
3 yillik manhaj davomida oo‘rgatiladigan darsliklar
O‘qish shartlari
1) Aniq maqsad va qat'iyyat: "Dinimni oʻrganaman va uni oʻrgataman, bu yoʻlda har qanday mashaqqatlarga roziman va sabr qilaman" ;
2) Akademiya darslariga qatnashish va uni tayyorlashda salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday omillarni bartaraf etish: kurslar, mashgʻulotlar va toʻgaraklar...;
3) Aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan sogʻlom boʻlish;
4) Iqtisodiy imkoniyati boʻlishi (kontraktni oʻz vaqtida toʻlay olishi);
5) Ota-ona, agar turmushga chiqgan boʻlsa turmush oʻrtogʻi va uning oilasini Akademiyada toʻlaqonli oʻqishiga roziligi va bu uchun sharoit yaratib berishga tayyor ekani haqida kafolat xati;
Yosh chegarasi : 18 yoshdan 25 yoshgacha
Ro‘yxatdan o‘tish uchun bizga murojaat qiling
Our Website is Almost Ready
Launch a targeted campaign.
Scale your infrastructure with our simple service.
Days
Hours
Minutes
Seconds
Made on
Tilda