Loyiha haqida: Turkiyada joylashgan «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» akademiyasi «Work and Study» ya`ni ham ishlab, ham ilm olish imkoniyatini beruvchi loyihani taklif etadi.
Akademiyada birinchi 6 oyning o`zida siz:
1) Shar’iy ilmlar:
Qur`on va Aqiyda;
Fiqh va Ruhiy Tarbiya va shu kabi ko`plab ilmlarni o`rganishingiz mumkin.
2) Professional – kasbiy rivojlanish:
Loyiha davomida shar`iy ilmlaringizni rivojlantirish bilan birgalikda, sohangizga oid “top kurslar” akademiya hisobidan sotib olib beriladi.
3) Shaxsiy Rivojlanish:
- Ingliz, Turk yoki Arab tillarimi o’rganasiz. Bu orqali siz shar`iy ilm, kasbiy ko`nikma va yana xorijiy til ham o`rganishingiz mumkin.
4)Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda:
3 mahal issiq o`zbek milliy taomlari;
Akademiya hududida shinam yotoqxona;
Volleybol, tennis va umumiy har qanday sport bilan shug`ullanishingiz uchun sharoitlar mavjud.
Ish grafigi:
- 05:30 da Qur`on va boshqa ilmiy darslar boshlanib, 09:00 gacha davom etadi;
- 18:00 dan keyingi vaqt kasbiy va shaxsiy o`sish uchun mo`ljallangan;
- Ish vaqti 09:00 - 18:00;
- Qaylula uchun alohida vaqt ajratilgan.
Talablar:
- Muayyan kasb egasi bo’lsangiz, mavjud vakansiyalar bilan tanishib, biz bilan aloqaga chiqing;
Stajor sifatida qo`shilmoqchi bo`lsangiz quyidagi talablarga mos kelishingiz talab etiladi:
Ishga mas`uliyatlilik;
Doimiy rivojlanishga rag`bat;
Kompyuter savodxonligi;
Ingliz yoki Rus tilini video ko`rib, kitob o`qib tushuna oladigan darajada bilish;
Shu vaqtgacha qilgan yoki ishtirok etgan loyihalaringiz;
Najot Ta`lim, MFaktor yoki shunga o`xshash qadriyatli joylarda o`qib, malaka oshirgan bo`lsangiz, demak sizda jamoamizga qo’shilish imkoniyati mavjud.
Bu imkoniyat avvalo shar`iy ilmlarni o`rganaman deganlar, qolaversa, buning barakasidan shaxsiy, kasbiy va xorijiy tillarni ham o'rganib, o`z ustimda ishlayman deganlar uchundir. Imkoniyatdan unumli foydalaning, ilm va xizmat karvoniga qo`shiling.